KICHIK LITRAJLI AVTOMOBILLAR
KICHIK LITRAJLI AVTOMOBILLAR — dvigateli tsilindrlarining ish hajmi 0,85 dan 1,5 l gacha, massasi 700 dan 1000 kilogrammgacha bo’lgan yengil avtomobillarning shartli nomi. Odatda, 4-5 kishiga mo’ljallanib ishlab chiqariladi. Masalan, «Jiguli», «Neksiya» yengil avtomobillari Kichik Litrajli avtomobillardir. Kichik no’g’ay O’rda – 16-asr 2-yarmida No’g’ay O’rdadan ajralib chiqqan no’g’aylar davlati. Volga daryosining o’ng qirgog’i va Azov bo’yidagi hududlarni qamrab olgan. Asoschisi — Murza qozi (1577 yil vafot etgan). 18-asr o’rtalarigacha Krit xonligi va Turkiyaga qaram bo’lgan.