KO’RINISH UZOQLIGI

KO’RINISH UZOQLIGI – kunduzi asbobsiz qaraganda predmet qiyofasini (shaklini) ajratish mumkin bo’lmagan masofa. Ko’rinish uzoqligi havo va undagi aralashmalar (chang, qor, yomg’ir tomchilari va boshqalar) ning yorug’lik nurini yutishiga hamda oraliq masofaga bog’liq. Tunda Ko’rinish uzoqligi fokusga keltirilmagan yorug’lik manbaining ko’rinmay qolish masofasi bilan aniqlanadi. Ko’rinish uzoqligi tuman tushganda 10 metrgacha kamayishi mumkin, toza quruq havoda 10, hatto 100 kilometrga yetadi.