KOLOMNA

KOLOMNA — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1781 yildan), Moskva Daryosi oka daryosiga quyiladigan joydagi port. Temir yo’l stantsiyasi (Golutvin). Aholisi qariyb 154,5 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Teplovozsozlik, og’ir stanoksozlik, to’qimachilik mashinasozligi, Tsement zavodlari, pedagogika instituti, o’lkashunoslik muzeyi bor. Kolomna 12-asrdan ma’lum. Uspenie sobori (17-asr), arxierey uyi (16-asr), Kreml qoldiqlari (16-asr), Ioann Predtecha cherkovi (16-asr boshi) va Brusenskiy monastiri (16-asr saqlangan).