KO’KNORDOSHLAR

KO’KNORDOSHLAR (Papaveraceae) -ikki pallali ayrim tojbargli o’simliklar oilasi. Ko’pchiligi o’t. Barglari ko’pincha patsimon, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari yakka yoki to’pgulda yig’ilgan, aktinomorf, ba’zan zigomorf. Kosachabarglari 2 ta, tojbarglari 4 ta, urug’chisi 2-4 ta yoki cheksiz, changchisi 2 ta. Ko’knordoshlarning 600 tacha turi bor. O’zbekistonda 9 turkumi, 31 turi o’sadi. K.ning moyli, opiyli (ko’knor), manzarali va boshqa turlari mavjud.