KO’KSUV

KO’KSUV — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi Daryo. Chatqol daryosining oxirgi o’ng irmog’i. Piskom tog’ tizmasining Janubiy-Sharqiy yon bag’ridan boshlanadi. Piskom bilan Mingtuxum tog’ tizmalari oralig’idan Janubi-g’arbga oqadi. Chorvoq suv ombori barpo etilishi bilan Ko’ksuv Burchmulla qishlog’idan bir oz quyida shu suv omboriga quyiladigan bo’ldi. Uzunligi 60 kilometr, havzasining maydoni 398 kilometr kvadrat. Qor va muzliklardan to’yinadi. Suvi Fevral oxiridan ko’paya boshlaydi, may — iyunda eng ko’p bo’ladi. O’rtacha yillik suv sarfi 12 metr kub/sekund. Ko’ksuvga umumiy uzunligi 130 kilometr bo’lgan 70 tacha soy va jilg’alar quyiladi. Shulardan eng yirigi — Kulosiyosoy (11 kilometr).