FEYNMAN DIAGRAMMALARI

FEYNMAN DIAGRAMMALARI, Feynman grafiklari — zarralarning sochilishi va boshqa fizik jarayonlarni nazariy taxlil qilish va amplitudalarini hisoblashning fafik usuli. Feynman Diagrammalari 3 turdagi elementlardan tashkil topgan: tashqi chiziqlar, ichki chiziqlar va cho’qqi (chiziqlar kesishuvchi nuqta) lar. Diagrammaning boshqa qismlari bilan biror bir cho’qqida birlashadigan tashqi chiziqlar tushuvchi yoki sochilgan (yoxud to’qnashish jarayonida tug’ilgan) zarraga to’g’ri keladi; ular sistemaning to’qnashuvgacha yoki undan keying holatiga mos keladi. Feynman Diagrammalari maydon kvant nazariyasida, kvant mexanika va statistik fizikada keng qo’llaniladi.