KAFORAT
KAFORAT — qilingan gunoh uchun evaz to’lash yoki gunoh kechirilishi uchun beriladigan narsa. Masalan, har bir musulmon Ramazon oyida biron sabab bilan ro’za tutmagan bo’lsa evaziga boshqa vaqt ro’za tutgan. Kaforat tushunchasi shariat ahkomlarida muhim o’rin egallab, unda yolg’on qasam ichish, biror shaxsga nohaq ozor yetkazish kabi holatlarda o’z gunohini yuvish uchun ma’lum miqdorda sadaqa qilish belgilangan.