KESHM

KESHM — Ho’rmuz bo’g’ozidagi Orol, Eron hududi. Maydoni 1,4 ming kilometr kvadrat. Ohaktosh va qumtoshlardan tashkil topgan. Eng baland joyi 396 metr. Mevali bog’lar, xurmo daraxti plantasiyalari bor. Baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Shimoliy-Sharqiy qismida Keshm shahri joylashgan.