KOROR

KOROR — Palau Respublikasi poytaxti (1994 yildan). Palau arxipelagidagi Koror orolning shimol sohilida joylashgan. Aholisi 10,5 ming kishi (2000). Shahar kengayib, qurilish ishlari Babalsuat oroliga ham ko’chirilmoqda. Qadimda ikki Orol ko’prik va akveduk orqali bog’langan. Hozirda parom qatnaydi va yangi ko’prik qurilmokda. Turizm rivojlangan. Aholisining ko’pchiligi dengiz hayvonlarini ovlash va uni qayta ishlash bilan shug’ullanadi. Chetga kopra chiqariladi. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Kema remonti korxonalari bor. Zamonaviy binolar qurilgan.