KOCHIN

KOCHIN, Kochchi — Hindistonning Janubiy qismidagi shahar, Kerala shtatida. Aholisi 565 ming kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Arabiston dengizi sohilidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 6 million tonna chamasida), keshyu yongogi. ziravorlar, choy, kofe, krevetka eksport qilinadi. To’qimachilik. kimyo, oziq-ovqat saioati korxonalari, neftni qayta ishlash zavodi, kema porti bor. Cherepitsa ishlab chiqariladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Kochin yaqinida Mattancheri qasri bor.