JIR

JIR, yir — bir qancha turkey xalqlarda qo’shiq, she’r ma’nosini anglatuvchi tushuncha. Tatarlarda umuman xalq qo’shiqlari, qozoq va qoraqalpoqlarda syujet asosiga qurilgan xalq she’riyati, ko’proq dostonlar Jir deb ataladi.