XANSHUY

XANSHUY, Xantszyan, Szyuyxe — Xitoydagi Daryo, Yantszi daryosi irmog’i. Uzunligi 1532 kilometr, havzasining maydoni 174 ming kilometr kvadrat. Tsinlin tizmasining Janubiy yon bag’irlaridan boshlanib, Szinxan tekisligidan oqadi. O’rtacha suv sarfi 2000 metr kub/sekund, yozda toshadi. Qirg’oklarida toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Sug’orishda foydalaniladi. Quyi oqimida kema qatnaydi.