GRAF

GRAF (nemischa Graf) — ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi grafliklarda qirol nomidan hokimiyatni boshqargan mansabdor shaxs. O’zaro ichki nizolar kuchaygan davrida Graflar mustaqil katta mulkdorlarga aylangan. Keyinchalik Graf — dvoryanlar unvoni (Rossiyada Pyotr I zamonidan 1917 yilgacha mavjud bo’lgan).