GURXON

GURXON (turkcha va mo’g’ulcha «qur — G’ur» — Majlis, qabilalar birlashmasi) — ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyodagi ba’zi ko’chmanchi xalqlarda teng huquqli qabilalar Ittifoqiga rahbarlik qiluvchi xon unvoni. Qoraxitoylar xoni ixtiyoriy ravishda Birlashgan 8 qabila uyushmasi rahbari bo’lgani uchun Gurxon unvoniga ega bo’lgan.