XAFSIYLAR

XAFSIYLAR — Tunisda hukmronlik qilgan sulola (1229-1574). Almuvahhidun harakatining asoschilaridan biri Shayx Abu Xafs nomi bilan atalgan. Sulola asoschisi — Abu Zakariyo (1229-49). Xafsiylar davlati 13-asrning o’rtalari—14—15-asr oxirida gullab yashnagan. 1574 yilda Usmonli turk imperiyasi tomonidan qulatilgan.