XROMATIZM

XROMATIZM, xromatika (Yunoncha hromatismos — bo’yash) — 1) diatonika tizimidagi lad pog’onasining yarim tonga ko’tarilishi yoki pasayishi. Pog’onaning tortilishi, akkordning funktsional dinamikasini oshirib, kuy va garmoniyaning ifodaviy ta’sirchanligini kuchaytiradi. Nota yozuvida alterasiya belgilari bilan ko’rsatiladi; 2) yarim ton nisbatlariga asoslangan musiqa (intervallar) tizimi.