VILLEMSTAD

VILLEMSTAD — Kyurasao orolidagi shahar, Niderlandiyaga qarashli kichik Antil orollarining ma’muriy markazi. Aholisi 125 ming kishi (1990). Karib dengizidagi port. Villemstadda Venesueladan keltirilgan neft qayta ishlanadi; chetga neft mahsulotlari chiqariladi. Tamaki fabrikasi. tsement zavodi bor.