HARBIY-DENGIZ FLOTI
HARBIY-DENGIZ FLOTI, Harbiy-dengiz kuchlari — okean va dengizdagi harbiy harakatlar maydonida strategik va operativ vazifalarni bajarishga mo’ljallangan qurolli kuchlar turi. Harbiy-Dengiz Floti suv osti kemalari, Harbiy-Dengiz Floti aviatsiyasi, suv usti kemalari, qirg’oq raketa-artilleriya qo’shinlari va dengiz piyodalari kabi kuchlar turi (masalan, tinch okean floti, Boltiq floti, Kaspiy flotiliyasi va boshqalar)dan iborat. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida chegara qo’shinlari tarkibiga kiruvchi Amudaryo flotiliyasi mavjud.