UDOKAN
UDOKAN — Baykalortidagi tog’ tizmasi (Rossiya Federatsiyasi Chita viloyati va Saxa Respublikasi hududlarida). Uzunligi 250 kilometrdan ziyod, eng baland joyi 2515 metr. Gneys va kristalli slaneslardan tashkil topgan. Tizmaning yuqori qismlarida qad. muzlik izlari mavjud. Yon bag’irlarida 1200 metr balandlikkacha tilog’och o’rmonlari, undan yuqorida esa tog’tundra o’simliklari o’sadi. Mis rudasi konlari bor.