URMIYA

URMIYA (sobiq rizoiya) — Eronning shimoliy g’arbiy qismidagi oqmas sho’r ko’l. Tog’oralig’idagi soylikda. Maydoni 5,8 ming kilometr kvadrat. Chuqurligi 15 metrgacha, suv satxining balandligi 1275 metr. Bahorda sathi ko’tariladi. Sho’rligi 150-230%o. Sohillarida sho’rxoklar bor. Urmiyaga bir necha daryo quyiladi. Kema qatnaydi. Janubiy qismida 50 dan ortiq Orol bor. Urmiya milliy bog’i tashkil etilgan.