XODUKIN NIKOLAY IVANOVICH

XODUKIN NIKOLAY IVANOVICH (1896, Troisk shahri — 1957, Toshkent) — parazitolog va epidemiolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1947). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1940). Tibbiyot fanlari doktori (1936), professor (1936). Qozon universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1919). Toshkent vaktsina va zardoblar institutining parazitologiya bo’limi mudiri (1925— 40), ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (1940-57). Ilmiy ishlari O’zbekistonning o’lka patologiyasi, bezgak, leyshmanioz kasalliklarini o’rganishga oid.