SANDAL

SANDAL, tancha — mahalliy isitish vositasi. Qadimdan O’rta Osiyoda, Afg’oniston, Eron, Turkiya, Yaponiya va boshqalar. Sharq mamlakatlarida ishlatilib kelingan. Sandal uchun xonaning bir chetiga chuqurcha kazilib, ichi maxsus shaklda ishlanib, suvaladi. Unga kursi (xontaxta) o’rnatilib, usti ko’rpa bilan yopiladi. Kumir yoki saksovul cho’g’i bilan isitiladi. Zamonaviy isitish vositalari tufayli Sandalga ehtiyoj qolmayotir.