SAPAROVA ANORGUL SEYTNAZAR QIZI

SAPAROVA ANORGUL SEYTNAZAR QIZI (1958.1.12, Xo’jayli tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Xo’jayli pedagogika bilim yurtini tugatgan (1977). 1977 yildan Xo’jayli shahridagi Mehribonlik uyida tarbiyachi, boshlangich sinf o’qituvchisi. Xo’jayli shahridagi maktablarda chizmachilik va tasviriy san’at o’qituvchisi (1979-92). Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tgan.