SAXTIYON

SAXTIYON — echki va qo’y terisini o’simlik moylari bilan oshlab olinadigan charm; yupqa, yumshoq, odatda, yorqin ranglarga bo’yaladi. Mebellarga qoplash, poyabzal tikish, attorlik buyumlari va boshqalar tayyorlashda ishlatiladi.