SAPUN

SAPUN — ichki yonuv dvigateli karterini atmosfera bilan tutashtiruvchi qurilma. Sapun porshen halqalari zich bo’lmaganligi tufayli porshen bilan tsilindr orasidagi tirqishdan Karterga o’tgan gazlarni chiqarib yuborish va karterni shamollatish uchun xizmat qiladi. Karterdagi moy gaz bilan birga tashqariga chiqib ketmasligi va tashqaridan Karterga iflos havo kirmasligi uchun Sapunga maxsus filtrli moy qaytargich o’rnatiladi.