SASSIQKO’L
SASSIQKO’L — Qozog’istondagi ko’l, Balxash ko’lidan sharqroqda, 347 metr balandlikdagi Balxash Olako’l soyligida joylashgan. Maydoni 735 kilometr kvadrat, o’rtacha chuqurligi 3,3 metr, eng chuqur joyi 4,7 metr. Suv sathi 3 metrgacha o’zgarib turadi. Noyabrda muzlab, aprel boshlarida eriydi. Ko’lga tentak va Qorako’l daryolari quyiladi. Sdan Uyali ko’liga suv quyiladi. Baliq, ondatra ovlanadi.