SVANETIYA TIZMASI

SVANETIYA TIZMASI – Gruziyadagi tog’ tizmasi, Inguri va Sxenisskali daryolarining yuqori qismlari oralig’ida. Uzunligi 85 kilometr. Eng baland joyi 4008 metr (Layla tog’i). Gilli slaneslar, qisman kvarsitlardan tarkib topgan. Pastki yon bag’irlari dubqoraqayin o’rmonlari. 2000 metr balandlikdan boshlab Alp o’tloqlari bilan qoplangan. Muzliklar maydoni 30 kilometr kvadrat.