SERIYA
SERIYA (lotincha series — bir qancha) — 1) bir jinsli yoki umumiy belgili narsalar guruhi, turkumi (masalan, ilmiy-ommabop adabiyotlar Seriyasi); 2) qimmatbaho qog’ozlarning (masalan, obligatsiyalar Seriyasi), hujjatlarning (masalan, pasport Seriyasi) raqamlar yoki harflar bilan ifodalanadigan razryadi, kategoriyasi; 3) filmning mustaqil namoyish etiladigan qismi.