SINDESMOLOGIYA

SINDESMOLOGIYA (Yunoncha Syndesmos boylam va …logiya) — suyaklarning o’zaro birikuvi, bo’g’im va boylamlar xaqidagi fan, anatomiyanpng bir bo’limi. Umumiy Sindesmologiya suyak birikmalarining xillarini, xususiy Sindesmologiya har bir bo’g’imning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. Sindesmologiya usullari suyaklarni preparatlash, bo’g’imlar tuzilishini mikroskop va rentgen yordamida tekshirishdan iborat.