MAGNITLOVCHI KUCH

MAGNITLOVCHI KUCH – elektr tokining magnit ta’sirini ifodalovchi kattalik. U elektr zanjirlarida qo’llaniladigan elektr yurituvchi kuchga o’xshash bo’lgani uchun, ba’zan, magnit yurituvchi kuch deb ham yuritiladi. Xalqaro birliklar tizimisida Magnitlovchi kuch birligi — amper, SGS tizimida — Gilbert.