SHURUPPAK

SHURUPPAK, Shurippak (hozirgi Fara shahri xarobasi) — Shumerdagi qadimiy shahar. Shumer afsonasiga ko’ra, Donishmand Ziusudra (bobilcha — Utnapishti, Yunoncha — Ksisutr) vatani bo’lib, u Xudoning maslahatiga ko’ra, kema qurib to’fondan omon qolgan. Shuruppakdan miloddan avvalgi 26-asrga oid xo’jalik va yuridik hujjatlar hamda o’quv qo’llanmalari arxivi topilgan. Miloddan avvalgi 3-mingyillik oxiriga kelib Shuruppak o’z ahamiyatini yo’qotgan.