SHUBNIKOV DE XAAZ EFFEKTI

SHUBNIKOV DE XAAZ EFFEKTI — metall monokristallar statik elektr qarshiligining magnit maydon kuchlanganligiga teskari kattalikka bog’liqligi; past tralarda kuzatiladi. Rus fizigi L.V. Shubnikov va niderland fizigi V. de Xaaz (XV. OE Naaz) tomonidan 1930 yil vismut monokristallarida ochilgan. Temperatura ortishi bilan tebranish amplitudasi eksponentsial (ko’rinadigan tarzda) kamayadi. Shubnikov De Xaaz effekti qattiq jismlarni o’rganishda qo’llaniladi.