SHOBURHON OTA KO’SHKMAQBARASI
SHOBURHON OTA KO’SHKMAQBARASI — Buxoro viloyatidagi me’moriy yodgorlik (11-asr). Tarhi 8 qirrali. Ichki va tashqi tomoni chuqur ravoqli, ustiga gumbaz bog’langan. Peshtoq qanosi va hoshiyalari turli yozuvlar va o’yma sopol, girih naqshlar bilan bezatilgan. Maqbara bizgacha ancha vayrona holda saqlangan. Bino dastlab oromgoh ko’shk sifatida qad ko’targan, keyinroq maqbaraga aylangan.