FEDIN KONSTANTIN ALEKSANDROVICH
FEDIN KONSTANTIN ALEKSANDROVICH [1892.12(24), 2. Saratov 1977.15.7, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi, akademik (1958), Mehnat Qahramoni (1967). «Shaharlar va yillar» (1924) romanida fuqarolar urushi davridagi ziyolilarning hayot yo’li hikoya qilingan. «Evropaning o’g’irlanishi» (1—2-kitob, 1933— 35) va «Arktur» sanatoriysi» (1940) romanlarida yangi jahon urushi arafasida G’arbiy Yevropadagi siyosiyijtimoiy muhit tanqid qilingan. 2-jahon urushi yillarida «tuyg’ular sinovi» pyesasini (1942), «aholi yashaydigan bir necha punkt» hikoya va ocherklar to’plami (1943) ni yozgan. Urush yillari yozgan trilogiyasi («Dastlabki sevinchlar», 1945; «ajoyib yoz», 1947— 49; «gulxan», 1—2-kitob, 1961-65) da 1910 yildan 2-jahon urushi oxiriga qadar bo’lgan voqealar qamrab olingan. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: dastlabki sevinchlar, T., 1967; O’tmish bilan uchrashuv [hikoyalar], T., 1971.