UCHTAMG’ALI
UCHTAMG’ALI, ushtamg’ali — yirik urug’lardan biri. 20-asrning boshlariga qadar saqlanib kelgan. Ular qigtchoklar tarkibida bo’lishgan. 15— 16-asrlar davomida No’tay O’rdasining yerlarida ko’chib yurganlar. No’gay o’rdasi yemirilgach (16-asrning 2-yarmi), Uchtamg’alining bir qismi Azov dengizining sohillariga ko’chib o’tib, keyinchalik no’g’ay xalqining, Dashti Qipchoqda qolgan qismi esa zarafshon vodiysidagi qipchoqlar, Toshkent vohasidagi quramalar hamda qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz xalqlari tarkibiga singib ketgan.