UTOPIYA
UTOPIYA (Yunoncha i — yo’q va topos — joy; Utopia — yo’q joy, xayoliy joy, boshqa taxminlarga ko’ra, yoy — farovon va topos — joy, ya’ni eutopia — farovon joy) — ilmiy asoslab berilmagan ideal ijtimoiy tuzum tasviri; ilmiy fantastika janri; ijtimoiy Kanta o’zgarishlarning noreal rejalari aks etgan barcha asarlarning atalishi. «Utopiya» termini T. Mornnng «Utopiya» asari nomidan olingan. Bu tushuncha keyinchalik adolatli ijtimoiy tuzum timsoli — bir xayoliy mamlakat tavsifi sifatida qo’llaniladigan bo’ldi.