USA
USA — Rossiya Yevropa qismining shimoli sharqidagi daryo (Komi Respublikasida), Pechoraning o’ng irmog’i. Uzunligi 565 kilometr, havzasining maydoni 93,6 ming kilometr kvadrat. Qutbiy Ural tog’larining shimoliy g’arbiy yon bag’irlaridan boshlanadi. O’rtacha suv sarfi 1310 metr kub/sekund. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Oktabrda muzlab, may — iyunda muzdan bo’shaydi. Yog’och oqiziladi. Quyilish joyidan 325 kilometrda kema kqatnaydi. Pristanlari: Abez, Petrun, Makarixa, Ustusa. USA havzasida toshko’mir koni (Pechora ko’mir havzasi) bor.