MUHLAT
MUHLAT (huquqda) — qonun bilan belgilangan va o’tib ketishi huquqiy oqibatlarga olib keladigan muddat; masalan, Muhlatga amal qilmaslik da’vo qilish huquqining yo’qolishiga (da’vo Muhlati), sud, arbitraj va boshqalarning qarorlarini majburiy ijro etish huquqi yo’qolishiga (ijro Muhlati), jinoiy javobgarlikning yoxud ayblov hukmini ijro etish imkonining istisno etilishiga sabab bo’ladi.