FRISH (FRISCH) RAGNER ANTON KITTIL
FRISH (FRISCH) RAGNER ANTON KITTIL (1895.3.3 Oslo 1973.31.1) norveg iqtisodchisi, Norvegiya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1931). Oslo shahridagi universitetda o’qigan. Oslo universiteti huzuridagi iqtisodiyot instituti direktori (1931-1965); Yel (1930), Sorbonna (1933) universitetlarida iqtisodiyot bo’yicha lektsiyalar o’qigan. Iqtisodiy nazariyada matematik yo’nalish vakili. Ekonometrika asoschisi, birinchilardan bo’lib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini ko’rsatdi, iqgisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qo’llaniladigan iqtisodiy tsiklning dinamik modelini yaratgan. Iqtisodiymatematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqtsi. Frish taklif etgan iqtisodiy o’sish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblarnk tuzish tartiblari Norvegiya va boshqa mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qo’llanilgan. Iqgisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri (Ya. Tinbergen bilan birga, 1969).