FRITTLAR

FRITTLAR (italyancha fritta, frigo — qovuraman, quritaman) — shisha yoki keramikaning mikroelementlar (bor, rux, marganes, molibden, mis, temir) bilan qotishmasi holidagi mikroo’g’it. Ta’sir etuvchi moddalar miqdori Frittlar tayyorlash texnologiyasiga bog’liq. Ko’proq kontsentrlangan borli Frittlarda 6% gacha, misli Frittlarda 15,2% gacha, ruxli Frittlarda 19% gacha, marganesli Frittlarda 26% gacha, molibdenli Frittlarda 4,5% gacha mikroelement bo’ladi. Frittlar o’simliklar mikroelementlar bilan bir tekisda oziqlanadigan manbadir. Frittlar tuproqda sekin eriydi (nordon muhitda tezroq), mikroelementlar yuvilib ketmasligi sababli o’simliklar bir necha yil davomida o’zlashtiradi. Frittlar o’simlik o’sishini, mahsulot sifatini yaxshilaydi, ba’zi fermentlar, masalan, askorbinoksidaza, peroksidaza, polifenokendazalar faolligani oshiradi, barg to’qimalarining oksidlanishini kamaytiradi. Juda maydalangan Frittlar tuproqqa asosiy ishlov berishda yoki ekish paytida organik va mineral o’g’itlar bilan birga solinadi.