VAGINIZM

VAGINIZM (lotincha vagina — qin), erzadalik — qin va chanoq tubi muskullarining tortishib qisqarishi; bu hol jinsiy aloqaga putur yetkazadi. Vaginizmda ayolning tashqi jinsiy a’zosida ro’y beradigan ortiqcha og’riq sezuvchanlik yer bilan yaqinlik qilish imkonini bermaydi. Shu sababdan ayol jinsiy aloqadan bezillab qoladi. Odatda bunday hol birinchi jinsiy aloqada qo’pollikni sezgan ayoldagi ruhiy iztirob, qo’rquv, erni xush ko’rmaslikda va ayrim hollarda tashqi jinsiy a’zosida yallig’lanish, jarohat bo’lgan ayollarda kuzatiladi. Ba’zan erkakning jinsiy zaifligi Vaginizmga sabab bo’lishi mumkin. Vaginizmning oldini olishda turmush qurayotgan yoshlarning mutaxassis tibbiy ko’rigidan o’tishlari muhim.