Ziravorlar nima?
Ziravorlar — bu, ovqatga xushta’m beruvchi dorivorlar sifatida qo’shiladigan giyohlar (yoxud ular bir qismi) ning umumiy nomlanishi. Ziravorlarning aksariyati qadim zamonlarda sharqdan Yevropa tomonlarga kelib qolgan. Dastlabki kezlarda ularni qit’aga olib kelish juda mashaqqatli va xavfli bo’lganligi sababli faqat badavlat kishilargina ularni sotib olishga qodir edilar. Bugungi kunda har bir bekaning oshxonasi — o’chog’i boshida qalampir, vanilin, xantal muqarrar topiladi. Aytgancha, Yevropaning o’zida ham ziravorlar yetishtiriladi. Bular zira, lavr yaprog’i, rozmarin, qoraarcha, tarxun, sarimsoq, muskut yong’og’i, toshcho’p, qalampirdir. Tropik mintaqalardan bizning dasturxonimizga ham qoramurch (bu yanchilmagan donadir), ham qizilqalampir (bu yanchilgan urug’dir) yetib keladi. Indioneziyadan qalampirmunchoq olib kelinadi. Vanil ham tropiklarda o’sadigan ziravordir. Za’faron, anbar, boshqa xushta’m ildizlar ham sharqdan jo’natiladi. Nihoyat, dolchin Hindistonda, Sarandibda, Xitoyda yetishtiriladi.