NAMANGANSOY

NAMANGANSOY — Namangan viloyatidagi soy. Chatqol tog’larining qorli cho’qqilaridan boshlanuvchi pochchaotasoydan Zarkent qishlog’i yonida suv oladi. Adirlar va adirlar orasidagi tekisliklarni kesib o’tadi. Uzunligi 48 kilometr. Qor va yomg’ir suvidan to’yinadi. Yillik suv sarfining 60% bahor va.yoz oylariga to’g’ri keladi. Yangiqo’rg’on va Namangan tumanlari ekin maydonlarini sug’oradi.