NOMOGRAMMA

NOMOGRAMMA (Yunoncha nomos — qonun va … gramma) — turli miqdorlar orasidagi funktsional bog’liqlikni ifodalaydigan chizma. Nomogrammaning tekislangan nuqtalardan tuzilgan, to’rli, transparant va ko’p shkalali va boshqa xillarga bo’ladi. Masalan, logarifmik Lineyka ikki shkalali Nomogramma hisoblanadi. Turli muhandislik hisoblashlari va tenglamalarni yechishda qo’llanadi.