NORMANNLAR

NORMANNLAR (skandinavcha northman — shimol odami) — Skandinaviya yarim orolida yashagan va Yevropa mamlakatlariga bosqinchilik yurishlari (8— 11-asrlar) uyushtirgan xalqlar; G’arbiy Yevropada shu nom bilan mashhur bo’lishgan. Skandinaviyaning o’zida yurish qatnashchilarini vikinglar, Rusda esa varyaglar deb atashgan.