NUBIYA

NUBIYA — Nil daryosining 1 – va 5- ostonalari oralig’idagi vodiyda, hozirgi Misr va Sudan hududida joylashgan tarixiy viloyat; 7-14-asrlarda Nubiylarning xristian davlati mavjud bo’lgan. Poytaxti — ko’hna Dongola shahri. 14-asr oxirida Arab qabilalari kelib joylashgach, aholisi Islom diniga o’tgan.