MASS
MASS, Myoz — Frantsiya, Belgiya va Niderlandiyadagi daryo. Uzunligi 925 kilometr, havzasining maydoni 36 ming kilometr kvadrat. Ardenna tog’laridan boshlanib, O’rta Yevropa tekisligidan oqadi va Reyn daryosi deltasining Janubiy tarmog’iga quyiladi. Qor va yomg’ir suvidan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 300-400 metr kub/sekund. Qish va bahorda to’lib oqadi. Yuqori qismidan boshlab kema qatnaydi, kanallar orqali Shelda, Sena, Reyn va boshqa daryolar bilan bog’langan. Mass bo’yida Verden (Frantsiya), Namyur, Lej (Belgiya), Maastrixt (Niderlandiya) shaharlari joylashgan.