MAGELLAN BO’G’OZI

MAGELLAN BO’G’OZI – Janubiy Amerika materigi bilan olovli yer arxipelagi orasidagi bo’g’oz. Atlantika okeanini tinch okean bilan bog’laydi. Uzunligi 575 kilometr, eng tor joyi 2,2 kilometr, farvaterida eng sayoz joyining chuqurligi 19,8 metr. Kuchli g’arbiy shamollar bo’lib turadi. Suv osti qoyalari va sayozliklarining ko’pligi kema qatnovini qiyinlashtiradi. Magellan bo’g’oziga olovli erdan muzliklar kelib tushadi. Punta-Arenas (Chili) porti bor. Bo’g’oz ilk bor (1520 yil) uni kesib o’tgan portugal dengizchisi F. Magellan nomi bilan atalgan.