MADINA

MADINA (tarixiy manbalarda) — o’rta asrlarda musulmon mamlakatlarida shaharning hukumat binolari va yuqori tabaqa vakillari joylashgan asosiy qismi, ichki shahar. Mustahkam devor bilan o’ralgan, atrofida hunarmandlar, savdogarlar va boshqa kasb egalari yashaydigan mahallalar bo’lgan. Madinada 2 tadan 4 tagacha darvoza bo’lib, darvozadan shahar ichkarisiga qarab cho’zilgan asosiy ko’chalar shaharni kattakatta daha (kvartal)larga ajratgan. Har bir daha ichida mayda ko’chalar bo’lgan.