NUTKA

NUTKA — Kanadadagi (Vankuver oroli sohili) vakashlar guruhiga mansub indeys xalqi; bir qismi (makix) AQSh (Vashington shtati)da yashaydi. Umumiy soni 2 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Katta mongoloid irqining Amerika irqiga mansub. Nutka tili shevalari: nutka, nitina, makix; shuningdek, ingliz tili ham keng tarqalgan. Dindorlari — xristianlar.